Yangiliklar

"Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan Respublika olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi!

Menu | 11-06-2025 | 11:07

Bugun, 2025-yil 10-iyun kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 174-son buyrug‘i asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Adiblar xiyobonida va universitetimizdagi Said Ahmad muzeyida O‘zbek adabiyotidagi yorqin yulduzlardan biri, xalqimizning sevimli yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi!

Menu | 11-06-2025 | 11:03

Tadbirda Said Ahmadning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning o‘lmas asarlari va xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Adibning ijodiy merosi muhokama qilinib, uning hikmatli so‘zlari va hayot yo‘li yosh avlodga o‘rnak sifatida taqdim etildi.

"Kinematografiya, televidenie va davlat vakolatli organlarini raqamlashtirish: dolzarb masalalar va yechimlar" mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-uslubiy anjuman

Menu | 11-06-2025 | 10:51

9-iyun kuni bo'lib o'tgan ushbu anjumanda mediasferada raqamli transformatsiyaning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi.Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning kino va televidenie kontentini ishlab chiqarish, onlayn platformalarni rivojlantirish va raqamli media makonining huquqiy va axloqiy jihatlariga ta'sirini ko'rib chiqdilar.

"IEEE Xplore Digital Library yordamida ilmiy maqolalarni samarali yozish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Menu | 10-06-2025 | 10:31

Seminar yakunida “Xorijiy nashriyotlar va agregatlar ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” boʻyicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar topshirildi, bu esa ularning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Oliy muhandislik maktabi tarkibida yangi laboratoriya tashkil etildi.

Menu | 10-06-2025 | 10:20

Laboratoriya maxsus qurilmalar va jihozlar hamda zamonaviy texnologik yechimlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar ham an’anaviy, ham elektron arxivlarni yaratish, arxiv sohasidagi mavjud axborot tizimlarida laboratoriya sharoitida ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.