Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti raqamli ta’limni rivojlantirish, IT sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan maxsus SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti raqamli ta’limni rivojlantirish, IT sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan maxsus SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

Mazkur sertifikat quyidagi muhim yutuqlar e’tirofi sifatida topshirildi:

— IT yo‘nalishida 5 ta ixtisoslashgan fakultet va 140 ta zamonaviy ta’lim dasturi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

— KAIST, KyungHee, Nanyang Technological, Florida, Carnegie Mellon, Politecnico di Torino, Tsinghua, Lund, Carlos III Madrid kabi yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini joriy etish;

— 231 ta auditoriya, 115 ta amaliyot xonasi, 30 ta laboratoriya, 38 ta kompyuter sinfi hamda 2 421 o‘rinli 4 ta talabalar turar joyi orqali minglab talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish.

✅ Ushbu yuksak e’tirof TATU jamoasining izchil mehnati va raqamli ta’lim sohasidagi samarali faoliyatining natijasidir.

Mazkur mukofot universitet jamoasini raqamli ta’limni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh IT mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida yangi marralar sari ruhlantiradi. Fursatdan foydalanib, TATU jamoasi ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlash va e’tibor uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga o‘z samimiy minnatdorligini bildiradi.