Yangiliklar

TATU professor-o‘qituvchilari Xitoyda malaka oshirmoqdalar!

Menu | 23-10-2025 | 09:03

Hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan North China University of Technology (NCUT) universitetida “Artificial Intelligence” va “Traffic Control” yo‘nalishlari bo‘yicha universitetimizning uch nafar professor-o‘qituvchilari ikki oylik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqdalar.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safar oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

Menu | 23-10-2025 | 08:59

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun tunda Bahraynga – III Osiyo yoshlar o‘yinlariga jo‘nab ketadi. Safar oldidan o‘smirlarimiz oldindan rejalashtirilgan Qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi ikkinchi ko‘rik nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. O‘yin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi.

TATUda “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni bo‘lib o‘tdi!

Menu | 22-10-2025 | 09:59

Joriy yilning 18–20-oktabr kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida “GITA” dasturchilar akademiyasi hamkorligida “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni o‘tkazildi.

TATUda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Menu | 22-10-2025 | 09:55

Tadbirning asosiy maqsadi - talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat, ehtirom va faxr tuyg‘usini yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boy tarixiy merosi va ifoda go‘zalligini chuqur anglashga chorlashdir.

“Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Menu | 21-10-2025 | 09:25

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

TATU Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini rasman boshladi!

Menu | 21-10-2025 | 09:20

Joriy yilning 18-oktabr kuni Kiberxavfsizlik klubining ilk saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun birinchi mahorat darsi o‘tkazildi.