O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

  • Asosiy
  • O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan magistratura mutaxassisligi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari Bilim va malakalarni baholash agentligida (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlarini topshirishlari belgilandi.

Bunda:

➖ test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;

➖ to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan, shuningdek, test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;

➖ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarni shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi;

➖ Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning (magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha) hujjatlari va erishgan natijalari mazkur qaror bilan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi;

➖ talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “HEMIS” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalarga muayyan ta’lim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.