"Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasi töğrisida"gi Qonun
1992-yil 10-dekabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining
ön birinçi sessiyasida qabul qilingan
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov sözi
Serquyoş hur ölkam, elga baxt, najot,
Sen özing döstlarga yöldoş, mehribon!
Yaşnagay to abad ilmu fan, ijod,
Şuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bağri keng özbekning öçmas iymoni,
Erkin, yoş avlodlar senga zör qanot!
Istiqlol maş’ali tinçlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu böl obod!
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:18