Saudiya Arabistonining Dahran shahrida joylashgan Qirol Fahd nomidagi neft va minerallar universiteti (KFUPM) tomonidan robototexnika yo‘nalishida talabalar o‘rtasida “RoboNexuS” Jahon chempionati tashkil etilmoqda.
🦾Mazkur nufuzli chempionat robototexnika sohasida real bellashuvlarda ishtirok etish uchun dunyoning turli universitetlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiradi.
🗣Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
• Moliyaviy mukofotlar uchun bellashuvlar;
• Saralash bosqichidan o‘tgan jamoalar uchun to‘liq qoplanadigan safar;
• Robotlarni va ularning natijalarini xalqaro arenada taqdim etish imkoniyati.
💬Bellashuv yo‘nalishlari:
• Combat Robotics — Jangovar robotlar;
• Capture The Flag — Bayroqni egallash;
• Tactical Sumo — Taktik sumo.
🗓 O‘tkazilish sanasi: 5–8 aprel, 2026 yil
📌 Manzil: KFUPM, Dahran, Saudiya Arabistoni
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 15 fevral, 2026 yil
📲 Ro‘yxatdan o‘tish: https://www.robonexus.org/register