Milliy reyting

Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va yuridik texnikumlarning 2022-yildagi faoliyat samaradorligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi.

Mazkur reytingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilk bor 98 ta oliy ta’lim muassasasi (76 ta OTM, 22 ta filial), 62 ta akademik litsey va 14 ta yuridik texnikumning 2022-yildagi faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilingan.

 

 

Oliy ta’lim muassasalari filiallarining 2022-yildagi faoliyat samaradorligi bo‘yicha Milliy reytingda TATU filiallari yetakchi TOP 5 talikdan 3 ta o‘rinni egalladi va TOP 10 talikdan 4 ta o‘rinni egallab quydagicha natijalar qayd etdi:

1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

4 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali;

5 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali;

9 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.

 

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oliy ta’lim muassasalarning 2022-yildagi faoliyat samaradorligi bo‘yicha reytingda o‘tgan yilgi o‘rnini mustahkam saqlab qolgan holatda, 13-o‘rinni egalladi.

 

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga ko‘ra nufuzli xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan. Xususan Scopus bazasiga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalalari soni hamda nashrlarga iqtiboslar soni bo‘yicha 98 ta oliy ta’lim muassasasi ichida 4-o‘rinni egallagan.