Kelajakka Qadam Markazi

  • Asosiy
  • Kelajakka Qadam Markazi

 

 O‘zmilliybank bilan hamkorlikda

“Kelajakka qadam” dasturi

Bitiruvchi va yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, biznes g‘oyalarini imtiyozli kreditlar orqali moliyalashtirish va bandligini ta’minlash dasturi. TATUda Markazning hududiy bo‘linmasi 2025-yil 17-apreldan faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi PQ-210-son qaroriga muvofiq, dastur doirasidagi ma’lumotlar quyidagi ikki bo‘limda muntazam yangilanib boriladi:

 Loyihalar va tadbirlar

Bitiruvchilar tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik loyihalari, ularning faoliyati va erishgan natijalari hamda markaz tadbirlari

Bo‘limga o‘tish →

 Kredit mahsulotlari

Talabalar va yoshlar uchun imtiyozli kreditlar: “Tadbirkorlikka ilk qadam”, “Biznes start”, “Biznes progress”, “Talaba invest” va boshqalar

Bo‘limga o‘tish →

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni o‘zini-o‘zi band qilishi, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishlariga yordam berish, moddiy tomonlama ularni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ishga joylashishiga ko‘maklashish yuzasidan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martdagi 114-son buyrug‘iga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Markazning hududiy bo‘linmasi tashkil etilgan.

Video lavhalar

Kelajakka qadam

Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.

Kelajakka qadam | Talaba Expo - 2025

“Kelajakka Qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar o‘z biznes loyihalarini taqdim etdi. Bu ilhomli daqiqalar O‘zbekiston 24 telekanalida yoritildi!

“Kelajakka qadam” dasturi — raqamli formatda!

AI texnologiyasi yordamida tayyorlangan ushbu videoda oktyabr oyida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va natijalar jamlangan.

Amaliy tadbirlar

TATU hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori bilan yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan keng imkoniyatlar yaratib berildi.

Batafsil

“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 3-aprel kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil

“Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Universitetda, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Markazning ish yuritishi uchun Universitet hududida xona ajratilib, zaruriy jihozlar (kompyuter, printer, telefon, ish yuritish uskunalari) bilan jihozlanib, doimiy o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Batafsil

TATUda “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 13-iyun kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil

TATUda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki, O‘zbekiston milliy banki va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Batafsil

“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Joriy yilning 10-iyul kuni, “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida, Universitet bitiruvchi talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, ta’lim va bandlik sohalarida o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini yanada kuchaytirish va potensial ish beruvchilar bilan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida, “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Batafsil

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

2025-yil 17-dekabr kuni TATUda “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv

2026-yil 26-fevral kuni Yunusobod tumani Bandlik markazi hamda “O‘zmilliybank” AJ vakillari ishtirokida talabalarni haq to‘lanadigan amaliyotlar, onlayn platformalar va biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishtirish uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil

Mehnat huquqlari va zamonaviy ish imkoniyatlari seminari

2026-yil 26-mart kuni TATUda “Mehnat huquqlari, rezyume tayyorlash, frilans va masofaviy mehnat imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etilib, talabalarga amaliy tavsiyalar va zamonaviy mehnat bozori talablari haqida ma’lumotlar berildi.

Batafsil

Yoshlar kuni munosabati bilan seminar-uchrashuv

2026-yil 4-iyun kuni TATU, “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminar davomida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kredit imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil

“TalabaExpo – 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada TATU talaba va bitiruvchilari istiqbolli ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi.

Batafsil

“Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi

TATU talaba va bitiruvchilari Markaziy bank, O‘zbekiston Milliy banki va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada yirik ish beruvchilar, bank-moliya muassasalari va IT kompaniyalari vakillari bilan muloqot qilib, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari bilan tanishdi.

Batafsil

Kredit mahsulotlari

Prezidentning 2026-yil 1-iyundagi PQ-210-son qaroriga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalar va yoshlar uchun imtiyozli kredit mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Biznes g‘oya bor, lekin mablag‘ yo‘qmi? “KELAJAKKA QADAM” bu muammoni yechadi!

“Tadbirkorlikka ilk qadam”

20 mln

so‘mgacha

O‘zini o‘zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlar uchun

18 oygacha · Markaziy bank asosiy stavkasi +1%

Batafsil

“Biznes start”

300 mln

so‘mgacha

Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlar uchun

5 yilgacha · Markaziy bank asosiy stavkasi +1%

Batafsil

“Biznes progress”

2 mlrd

so‘mgacha

Biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlar uchun

7 yilgacha · Markaziy bank asosiy stavkasi +1%

Batafsil

“Talaba invest”

10 mlrd

so‘mgacha

31 yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari uchun

7 yilgacha · Markaziy bank asosiy stavkasi +1%

Batafsil

“Mening birinchi kasbim”

5 BHM

gacha oylik stipendiya

Bitiruvchilarni kasbga tayyorlash, malaka oshirish va xorijdagi qisqa muddatli kurslarni moliyalashtirish

Xorijdagi kurslar uchun 50 BHMgacha

Batafsil

Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!

Kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil ma’lumot va maslahat — O‘zmilliybank. Barcha shartlar va taqqoslash jadvali bir sahifada.

Kredit mahsulotlari bo‘limi →

Kredit olish tartibi

1

Ariza topshirish

Kerakli hujjatlar bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

2

Hujjatlarni ko‘rib chiqish

Mutaxassislar tomonidan hujjatlar tekshiriladi va baholanadi.

3

Tasdiqlash

Loyiha yoki o‘quv dasturi moliyalashtirishga loyiq deb topiladi.

4

Kredit ajratilishi

Bank orqali mablag‘ o‘tkaziladi va sizga xabar beriladi.

5

Monitoring

Loyihaning bajarilishi va mablag‘dan foydalanish nazorati olib boriladi.

 

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishiga ko‘maklashuvchi «Kelajakka qadam» Markazi rasmiy kanallari.

 

 

 

So‘nggi yangilanish: 30.09.2026 11:46