Bugun, 7-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Pedagogik transformatsiya: o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish strategiyalari” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Bugun, 7-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Pedagogik transformatsiya: o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish strategiyalari” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida:
⏺ ta’lim transformatsiyasidan pedagogik transformatsiyaga o‘tish jarayonlari, undagi asosiy faoliyat va yondashuvlar muhokama qilindi;
⏺ xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish strategiyalari, ta’limning ideal maqsadlari hamda ularni belgilash usullari batafsil yoritib berildi. Shuningdek, raqamli-metodik ta’lim platformalari va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

💡 Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarni xalqaro standartlar, zamonaviy ta’lim metod va texnologiyalari, shuningdek geymifikatsiya usullari asosida samarali tashkil etishlariga xizmat qiladi.