Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi
Universitetda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş tartibi Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oşiriladi.
Ijroçi murojaat kelib tuşgan kundan e’tiboran ön beş kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda esa, bir oygaça bölgan muddatda murojaatga asoslangan javob yuborişilişi belgilab qöyilgan.
Universitetda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini qabul qiliş va murojaatlar bilan işlaş murojaatlarning turlari böyiça quyidagiça amalga oşiriladi:
- Oğzaki murojaatlar.
- Universitetning işonç telefoni (71 207-44-44) orqali qilinadigan murojaatlar bölib, ular bölim mas’uli tomonidan qoğoz körinişida murojaatçidan yozib olinadi va ijro.uz tizimi orqali tegişli mas’ullarga yönaltiriladi;
- Universitet rektori va prorektorlari qabulida ularning tasdiqlangan qabul rejalari asosida, maxsus jurnallarga qayd etiş orqali amalga oşiriladi. Murojaatçilar bölim mas’ullari tomonidan kutib olinadilar va rahbariyat qabulxonasiga yönaltiriladilar.
Rektor şaxsiy qabulida qabul qilingan murojaatlarda körilgan masalalar va asoslantirilgan javoblar bölimning mas’ul xodimi tomonidan bayonnomalar asosida rasmiylaştiriladi.
- Yozma murojaatlar.
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining cabinetpm2.gov.uz saytida qabul qilingan, Özbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqali universitetga yuborilgan, şuningdek edo.ijro.uz tizimi orqali töğridan-töğri yuborilgan murojaatlar. Mazkur turdagi murojaatlar universitetda bölimning mas’ul xodimi tomonidan ijro tizimi orqali tegişliligi böyiça ijroçilarga yönaltiriladi.
- Murojaatçi tomonidan bevosita bölimga kelib yozib qoldirilgan murojaatlar. Bölim mas’ul xodimi tomonidan maxsus röxatga oliş jurnallarida röyxatdan ötkaziladi va tegişliligi böyiça ijroçilarga yönaltiriladi.
- Universitet Rektorining virtual qabulxonasiga yöllangan yozma murojaatlar. Mazkur turdagi murojaatlar bölimning virtual qabulxonaga biriktirilgan mas’ul xodimi tomonidan qabul qilinadi va tegişliligi böyiça universitet mas’ullarining elektron manziliga yuboriladi va öz navbatida universitet mas’ullaridan murojaat böyiça javob xatlari olinib murojaatçining elektron manzilig yuboriladi.
Yuqorida keltirib ötilgan barça turdagi murojaatlar Universitetning “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring” bölimi mas’ul xodimi tomonidan röyxatga olinib, öz vaqtida murojaatga asoslangan javob yuborişilişi böyiça nazorat qilinadi.