
"Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining X sessiyasida qabul qilingan.
Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra çaraqlab turgan quyoş tasviridan hamda söl tomonida buğdoy boşoqlari, öng tomonida oçilgan paxta çanoqlari suvrati tuşirilgan çambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra içida joylaşgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutluğ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bölgan afsonaviy Xumo quşi qanotlarini yozib turibdi. Uşbu ramz va timsollar xalqimizning tinçlik, yaxşilik, baxt-saodat, farovonlik yölidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayroğini ifoda etuvçi çambar lentasining bandiga "Özbekiston” deb yozib qöyilgan.