Özbekiston Respublikasining Davlat Bayroği

  • Asosiy
  • Özbekiston Respublikasining Davlat Bayroği

"Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği töğrisida"gi qonun 1991 yil 18-noyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayroği va uning ramzi bugungi Özbekiston sarhadida qadimda mavjud bölgan davlatlar bilan tarixan boğliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini özida mujassamlaştiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayroğining rangi ham moviy rangda edi.

Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritkiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang – poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.

Yaşil rang – tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil çiziqlar – vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barça uçun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning ön ikki yulduzga bölgan e’tiborimiz Özbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayroğimizdagi 12 yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozim.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:14