TATU talaba va bitiruvçilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar körgazmasida faol iştirok etdi.

  • Asosiy
  • TATU talaba va bitiruvçilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar körgazmasida faol iştirok etdi.

#Kelajaktadbirkori2026

TATU talaba va bitiruvçilari “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar körgazmasida faol iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Özbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toşkent şahar hokimligi, Yoşlar işlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambağalikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamkorlikda taşkil etilgan “Kelajak tadbirkori — 2026” kasb va imkoniyatlar körgazmasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talaba va bitiruvçilari ham faol iştirok etib kelmoqda.

Mazkur körgazma talaba-yoşlar uçun yirik iş beruvçi korxonalar, bank-moliya muassasalari hamda IT kompaniyalari vakillari bilan bevosita muloqot qiliş, mavjud böş iş örinlari, amaliyot va stajirovka dasturlari, şuningdek, karyeraviy rivojlaniş imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oliş imkonini bermoqda.

Tadbir davomida iştirokçilar öz mutaxassisliklari böyiça istiqbolli iş örinlari bilan tanişib, korxona va taşkilotlar vakillari bilan suhbatlar ötkazmoqda hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uçun muhim aloqalarni yölga qöymoqda.

Bunday tadbirlar talaba va bitiruvçilarning bandligini ta’minlaş, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qiliş hamda universitet va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.




Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15