Prezidentimizning PQ-61-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Kelajakka qadam” dasturidan, TATU talabalarining to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, “Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.
Universitetda, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning toʻlaqonli foydalanishini taʼminlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Markazning ish yuritishi uchun Universitet hududida xona ajratilib, zaruriy jihozlar (kompyuter, printer, telefon, ish yuritish uskunalari) bilan jihozlanib, (https://t.me/tatu_karyera_markazi/3873) doimiy oʻz faoliyatini olib bormoqda.
🗣 Unda siz, “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmasiga tashrif buyurib, o‘z biznes g‘oyalaringiz bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
✅ Nimalar haqida ma’lumot olasiz?
➖ “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taklif etilayotgan “Kelajakka birinchi qadam”, “Yorqin kelajak sari”, “Kelajak uchun start” kabi moliyaviy yechimlar.
➖ O‘z biznesingizni boshlash va rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar.
✅ Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🎓 Bitiruvchilar bosqich talabalari;
📝 Biznes g‘oyasi borlar;
🚀 Uni amalga oshirishni istaganlar;
📊 Yangi biznes boshlaganlar;
📈 O‘z loyihasi uchun moliyaviy yoki maslahat yordam kerak bo‘lganlar.
Bu sizning kelajagingizdagi muvaffaqiyatga birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ladan boy bermang❗️
❓ Qo‘shimcha ma’lumot va savollarga javob olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
📞+998 91-773–33-81

