Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni o‘zini-o‘zi band qilishi, o‘z biznes go‘yalarini amalga oshirishlariga yordam berish, moddiy tomonlama ularni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ishga joylashishiga ko‘maklashish yuzasidan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martdagi 114-son buyrug‘iga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Markazning hududiy bo‘linmasi tashkil etilgan.
Video lavhalar
Kelajakka qadam
Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.
Kelajakka qadam | Talaba Expo - 2025
“Kelajakka Qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar oʻz biznes loyihalarini taqdim etdi. Bu ilhomli daqiqalar Oʻzbekiston 24 telekanalida yoritildi!
“Kelajakka qadam” dasturi — raqamli formatda!
AI texnologiyasi yordamida tayyorlangan ushbu videoda oktyabr oyida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va natijalar jamlangan.
Amaliy tadbirlar
TATU hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori bilan yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan keng imkoniyatlar yaratib berildi.
Batafsil
“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilning 3-aprel kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Batafsil
“Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.
Universitetda, “Kelajakka qadam” dasturidan talabalarning toʻlaqonli foydalanishini taʼminlash maqsadida, 2025-yil 17-aprelda Markazning ish yuritishi uchun Universitet hududida xona ajratilib, zaruriy jihozlar (kompyuter, printer, telefon, ish yuritish uskunalari) bilan jihozlanib, doimiy oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Batafsil
TATUda “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilning 13-iyun kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Batafsil
TATUda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu tadbirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki, O‘zbekiston milliy banki va boshqa tashkilotlarning mas’ul hodimlari ishtirok etishdi.
Batafsil
“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Joriy yilning 10-iyul kuni, “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida, Universitet bitiruvchi talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, ta’lim va bandlik sohalarida o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini yanada kuchaytirish va potensial ish beruvchilar bilan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida, “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
BatafsilKredit xizmatlari
💡 Biznes g‘oya bor, lekin mablag‘ yo‘qmi ? “KELAJAKKA QADAM” bu muammoni yechadi!
Kelajak uchun start
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
BatafsilYorqin kelajak sari
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
BatafsilKredit olish tartibi
Ariza topshirish
Kerakli hujjatlar bilan " Kelajakka qadam " markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish
Mutaxassislar tomonidan hujjatlar tekshiriladi va baholanadi.
Tasdiqlash
Loyiha yoki o‘quv dasturi moliyalashtirishga loyiq deb topiladi.
Kredit ajratilishi
Bank orqali mablag‘ o‘tkaziladi va sizga xabar beriladi.
Monitoring
Loyihaning bajarilishi va mablag‘dan foydalanish nazorati olib boriladi.
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishiga ko‘maklashuvchi «Kelajakka qadam» Markazi rasmiy kanali.