Yangiliklar

TATUda “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot kuni tashkil etildi

Menu | 19-04-2025 | 14:20

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tadbir doirasida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdi. Maktab o‘quvchilari TATUda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy loyihalar, zamonaviy laboratoriyalar, fakultetlar va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Open Cyber University delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Menu | 19-04-2025 | 12:46

Tashrif avvalida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. Ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🏓 "Rektor kubogi – 2025" stol tennisi musobaqasi

Menu | 19-04-2025 | 11:42

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sportning stol tennisi turi bo‘yicha "Rektor kubogi – 2025" musobaqasi qizg‘in ruhda o‘tkazilmoqda.

⚡️ TATU Kiberxavfsizlik Klubi ish boshladi!

Menu | 19-04-2025 | 11:38

🔐 Kiberxavfsizlik Klubi — bu sohaga chindan qiziqqan, ilmga chanqoq talabalarimiz birlashishi uchun tashkil qilingan jamoa hisoblanadi.

🎓TATU talabalari uchun ajoyib yangilik!

Menu | 17-04-2025 | 16:48

Prezidentimizning PQ-61-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Kelajakka qadam” dasturidan, TATU talabalarining to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, “Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi 2025-yil 17-apreldan doimiy o‘z faoliyatini boshlashini ma’lum qilamiz.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ilmiy va pedagogik faoliyat yo‘nalishlarida jahonning qator yetakchi universitetlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Menu | 17-04-2025 | 16:44

Ana shunday hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelga qadar TATUda ilmiy-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar.