“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati vakillari TATUda

  • Asosiy
  • “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati vakillari TATUda




Kuni kecha, 26-fevral kuni
O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyatining 2026-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasiga muvofiq ilmiy-ma’rifiy trening o‘tkazish maqsadida jamiyatning ijrochi direktori Ismailov Yusuf Niyazmetovich TUITning Chet tillar kafedrasiga tashrif buyurdi.

 Trening universitetda nemis tilini o‘rganayotgan talabalar uchun tashkil etildi va TATU qoshidagi Nemis tili markazida bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirni Chet tillar kafedrasi mudiri A. Sharipova ochib berdi.

 Trening doirasida mehmon tomonidan:
 “Germaniyada sun’iy intellekt”
 “Nemis mentaliteti”

mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

🇩🇪 Taqdimotlar davomida Germaniya sun’iy intellekt sohasining rivojlanish yo‘nalishlari, innovatsion muhit hamda AyTI sohasidagi ustuvor tendensiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ish madaniyati, mas’uliyat, intizom, vaqtni qadrlash va professional yondashuv kabi nemis mentalitetiga xos jihatlar yoritildi.

Mazkur trening talabalar uchun texnologik taraqqiyot va jamiyat qadriyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, shuningdek Germaniyaning texnologik rivojlanishi va ish madaniyati haqida foydali bilimlar olish imkonini yaratdi.

Universitetimizda tashkil etilgan Nemis tili kurslariga yozilish uchun :

telegram: @schmetterling24

telefon: +998998771224