Bugun atoqli shoira Zulfiya tavallud topgan kun!

  • Asosiy
  • Bugun atoqli shoira Zulfiya tavallud topgan kun!

Zulfiya Isroilova - xalqimizning faxri, “Zulfiya” nomi bilan tanilgan mashhur shoira, jurnalist, tarjimon va faol jamoat arbobi. U O‘zbekiston xalq shoirasi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Zulfiya nafaqat shoira, balki o‘zbek ayollarining ramziga aylangan siymo. Uning nomi bilan atalgan Davlat mukofoti iqtidorli va faol qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida topshiriladi.

Shoira xalqaro “Javaharlal Neru” (1968) va “Nilufar” (1971) mukofotlari, shuningdek Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati hisoblanadi. Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri ham shoira nomi bilan ataladi. Uning milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston hukumati Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etgan.