“Rektor kubogi–2026" 1-kun natijalari

  • Asosiy
  • “Rektor kubogi–2026" 1-kun natijalari



Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilandi

2026-yil 26-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ’’Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning FUTBOL turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasiga start berildi.

Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviylik va raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.

Musobaqaning 1-kun o‘yinlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Universitet fakultetlari jamoalari o‘zaro bellashib, sport mahorati, tezkorlik hamda jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

🗒 Birinchi kungi bellashuvlarda quyidagi natijalar qayt etildi:
KIF jamoasi 3 : 8 TF jamoasi
KXF jamoasi 6 : 4 DIF jamoasi
TTF jamoasi 4 : 1 IMF jamoasi
KTF jamoasi 2 : 1 RMF jamoasi

“Rektor kubogi–2026” doirasidagi futbol uchrashuvlari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.