TATUda kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 27-fevral sanasida TATUda “Kiberxavfsizlik” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

 Mazkur seminar-treningda Birlashgan Arab Amirliklari – Dubayda faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar — Bilal Alqurneh va Malik Tawfiq Alottibi ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 Seminar davomida quyidagi dolzarb va amaliy yo‘nalishlarda treninglar o‘tkazildi:
 Red va Blue Team tuzish
 Zararli dasturlarni tahlil qilish
 Ichki va tashqi pentest sinovlari
 Veb va mobil ilovalar xavfsizligini baholash
 Ijtimoiy muhandislik
 Raqamli sud ekspertizasi

 Mutaxassislar sohaga qiziquvchi talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.

Seminar-trening davomida talabalar kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, amaliy ko‘nikmalar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 Ushbu tadbir talabalar uchun kiberxavfsizlik sohasida professional rivojlanish va karyerani rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.