Mazkur homkorlik doirasida joriy yilning 6-aprel sanasida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti yetakchi professorlari Dr Pratheepan Yogarajah va Dr. Faisal Jamil ishtirokida universitetimizda seminar-trening bo‘lib o‘tadi.
📆Joriy yilning 6-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik doirasida seminar tashkil etiladi.
“Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — barqaror kelajak!” shiori ostidagi TATU – Samarqand baynalmilal forumi doirasida sumalak sayli, osh chempionati hamda gulaxan atrofida shou bo‘lib o‘tdi.
“Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — barqaror kelajak!” shiori ostidagi TATU – Samarqand baynalmilal forumi doirasida futbol, voleybol, milliy kurash, stol tennisi, arqon tortish, tosh ko‘tarish, shashka va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Forumning birinchi kunining ikkinchi yarmida TATU talabalari va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida OQ Quiz hamda “Zakovat” intellektual bellashuvlari o‘tkazildi.
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.