Bir necha kun davom etgan anomal issiqdan so‘ng O‘zbekistonga nisbatan salqin havo oqimlari kirib kelmoqda.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, termik depressiyaning sharqqa siljishi hisobiga yaqin kunlarda havo harorati bosqichma-bosqich pasayadi.
Toshkent shahrida seshanba kuni kunduzgi harorat +34°C, chorshanba kuni esa +31°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, kunning eng issiq vaqtlarida ehtiyot choralariga amal qilish, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish va zaruratsiz quyosh ostida uzoq qolmaslik tavsiya etiladi.