Robototexnika sohasida navbatdagi g‘alaba!!!

  • Asosiy
  • Robototexnika sohasida navbatdagi g‘alaba!!!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan“RoboWar – 2026” robotlar jangi musobaqasi yakunlandi. Respublikamizning eng iqtidorli yoshlari muhandislik va robototexnika borasida o‘zaro bellashgan ushbu qizg‘in bahsda TATU jamoasi haqiqiy kuchini ko‘ratdi!

“TATU TRONICS” jamoasi musobaqada o‘zining kuchli texnik yechimlari va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turdi. Avvalroq xalqaro WORLD ROBOT CASPIAN CUP musobaqasida 80 dan ortiq jamoa orasida faxrli 5-o‘rinni egallagan robot bu safar ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘zining ikki pog‘onali jangovar tizimi va samarali strategiyasi bilan raqiblarini ortda qoldirdi.
Natijada“TATU TRONICS” jamoasi “RoboWar – 2026” musobaqasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoa tarkibi:
Murabbiy: Z. Qodirov
Jamoa sardori: A. Nurullayev
Jamoa a’zolari: A. Boboqulov, A. Qahramonov

Musobaqa yakunida g‘oliblar maxsus diplom, kubok,10 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.