Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari 35 foizga oshirildi
2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi.
Natijada mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi.
➡️ Jumladan:
▪️ bakalavriat – 2 309 ta davlat granti;
▪️ magistratura – 621 ta davlat granti.