Yangiliklar

2025-2026 o‘quv yilidan Zarafshon fakulteti o‘z faoliyatini boshlaydi

Menu | 06-05-2025 | 10:22

2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qaroriga asosan, hududlarda AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida Zarafshon shahrida TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi rejalashtirildi. Ushbu qaror, ayniqsa, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida istiqomat qiluvchi 150 ming nafarga yaqin aholi uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yaqin hududda yaratishga qaratilgan.

Toshkentda “Digital.uz Chess Cup” turniri bo‘lib o‘tdi

Menu | 06-05-2025 | 10:14

Korporativ madaniyatni mustahkamlash, strategik fikrlashni rivojlantirish va IT-kompaniyalar xodimlari orasida intellektual sport turlarini ommalashtirish maqsadida bugun, 3 may kuni “Digital.uz Chess Cup” shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari – Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari joriy yilning 3-may kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi hayot” aerodromida Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan “CanSat Uzbekistan–2025” musobaqasining final bosqichida munosib ishtirok etib, Xalqaro musobaqada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Menu | 05-05-2025 | 10:28

Universitet jamoasi 2 ta innovatsion mikrosputnik modeli bilan qatnashib, final bosqichida belgilangan barcha shartlarni bajardi. Mikrosputniklar real raketalar yordamida uchirilib, 6 xil parametr bo‘yicha ma’lumot uzatgan holda parashut yordamida qayta yerga qo‘ndirildi.

Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida Stol tennisi va Kibersport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 05-05-2025 | 10:14

Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida Stol tennisi va Kibersport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

TATU jamoasi “CanSat Uzbekistan–2025” final bosqichida!

Menu | 05-05-2025 | 10:11

3-may kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi hayot” aerodromida Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan “CanSat Uzbekistan–2025” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublika bo‘ylab tanlab olingan jamoalar qatori TATU talabalari ham ishtirok etmoqda.