
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan "TATUda innovatsion Business IT ta’lim tizimini tashkil etish" grant loyihasi doirasida 2022-yildan buyon loyiha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Kookmin universiteti professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari taqdirlandilar.
Taqdirlanganlar:
🔹 Prof. Do-Hyung Park;
🔹 Prof. Hyeung Gyun Kim;
🔹 Prof. Jun Kyung Seo;
🔹 Prof. DaeHeon Choi;
🔹 Prof. Hyunchul Ahn;
🔹 Dr. Vadim Slepchenko.
🤝 TATU rahbariyati loyiha doirasidagi samarali hamkorlik, professional yondashuv hamda universitetda zamonaviy Business IT ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi. Uchrashuv davomida loyihaning keyingi bosqichlari va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, mazkur grant loyihasi doirasida TATUda Business IT yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, xalqaro standartlarga mos sertifikatlash tizimlarini rivojlantirish, sanoat bilan integratsiyalashgan amaliy ta’lim muhitini shakllantirish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha 2027-yil yakuniga qadar davom etadi.

