Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (TRM) delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (TRM) delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.



Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (TRM) delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitetning ilmiy-amaliy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, TATUda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng ikki tomon rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda ushbu yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro tajriba almashishni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

 Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya hamda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik va akademik almashinuvni yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladilar.