Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

  • Asosiy
  • Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.



 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida test sinovlari o‘tkazilayotgan UzExpo markazi hududidan ota-onalar uchun maxsus kutish maydoni biriktirilgan.

 Mazkur hudud test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Test sinovlarining ilk kunida universitet rahbariyati test o‘tkazilayotgan hudud hamda ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish maydoniga tashrif buyurib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Test sinovlari 14–23-iyul kunlari (10 kun davomida) har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:

1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00

Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin quyidagi hujjatlar bilan yetib kelish so‘raladi:

 Pasport (ID-karta)ning asli;
 Abituriyent ruxsatnomasi.

 Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 677 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, test sinovlarida 664 609 nafar abituriyent ishtirok etadi.

 Barcha abituriyentlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!