Yangiliklar

TATUga Ozarbayjonning Sumg‘ayit davlat universiteti (SSU) rektori Prof. Rufat Azizov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 09-11-2024 | 09:52

Uchrashuvda taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi oromgoh, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash masalalari muhokama qilindi.

TATU tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga bag‘ishlangan targ‘ibot ko‘rgazmasi Janubiy Koreyada yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Menu | 08-11-2024 | 12:38

Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Koreya Respublikasining Kookmin universitetida “Nеw Uzbеkistan: from thе Silk Road to the Digital World” – O‘zbеkiston salohiyati ko‘rgazmasi TATU tomonidan tashkillashtirildi.

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi tashkil etiladi

Menu | 08-11-2024 | 12:36

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.

2024-yilning 6-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Nagoya universiteti va Kioto Informatika bo‘yicha magistratura kolleji (KCGI) vakillari Yaponiya talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) bilan birgalikda tashrif buyurdi.

Menu | 07-11-2024 | 09:57

Universitet talabalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi universitetlarida xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, grantlar, stipendiyalar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Kelgusi o‘quv faoliyatini chet elda davom ettirishni xohlovchi talabalarning Yaponiyadagi talabalik hayoti bilan bog‘liq barcha savollarga vakillar tomonidan to‘liq javoblar berildi.

Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida yana bir nufuzli bellashuvga start berildi.

Menu | 07-11-2024 | 09:18

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 2024-yil ko‘chma kubogi uchun o‘tkazilayotgan respublika musobaqasida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan futbolsevarlar ishtirok etishmoqda.

QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi

Menu | 07-11-2024 | 09:16

Bugun, 6-noyabr kuni, nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.