
2025-yil 9-iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "IEEE Xplore Digital Library yordamida ilmiy maqolalarni samarali yozish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbir spikerlari:
Mexmet Xaseki – IEEE Digital Library’ning rasmiy vakili;
Asel Jarasova – IEEE tashkilotining tajribali mutaxassisi;
Yuliya Eshmetova – “E-LINE PRESS” markazining yetakchi mutaxassisi.
🗒 Seminar yakunida “Xorijiy nashriyotlar va agregatlar ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” boʻyicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar topshirildi, bu esa ularning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
💬TATU va “E-LINE PRESS” mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbir universitetda ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro ilmiy axborotlar bilan tanishish va global ilmiy jamoaga integratsiyalashish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
⭐️"IEEE Xplore" platformasi 30-iyun sanasigacha foydalanish uchun ochiq.