Oliy muhandislik maktabi tarkibida yangi laboratoriya tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Oliy muhandislik maktabi tarkibida yangi laboratoriya tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "O‘zarxiv" agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo‘lgan  “Elektron arxivlar” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.

Mazkur laboratoriya 2024-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan "Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekistonda arxiv ishini raqamlash, elektron hujjat aylanishi va zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ta’minot bo‘lib xizmat qiladi.

Laboratoriya maxsus qurilmalar va jihozlar hamda zamonaviy texnologik yechimlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar ham an’anaviy, ham elektron arxivlarni yaratish, arxiv sohasidagi mavjud axborot tizimlarida laboratoriya sharoitida ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.   

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda "O‘zarxiv" agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.