
5-iyun kuni Toshkent shahri Bektemir tumani hokimligida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalga oshirish doirasida oʻquvchi va uyushmagan yoshlarni yozgi taʼtil davrida mazmunli bandligini taʼminlash maqsadida keng miqyosdagi yigʻilish tashkil etildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Bektemir tumani hokimi Nurilla Abdurahmanov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov va boshqa bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda tegishli tashkilot, idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida aholi, ayniqsa, oʻquvchi va yoshlarning yozgi taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning qiziqish va isteʼdodlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.