Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “ProInfo” kompaniyasi bilan hamkorlikda  “Integrallashgan kutubxona tizimlari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “ProInfo” kompaniyasi bilan hamkorlikda  “Integrallashgan kutubxona tizimlari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida “ProInfo” kompaniyasi bilan hamkorlikda  “Integrallashgan kutubxona tizimlari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.

Laboratoriya axborot-kutubxona faoliyatiga oid zamonaviy qurilmalar, axborot tizimlari, hamda dunyoning ilg‘or kutubxonalarida qo‘llaniladigan apparat-dasturiy majmualar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar avtomatlashgan kutubxona tizimlarini va elektron kutubxonalarni yaratishni o‘rganishlari hamda qurilmalarni bevosita amaliyotda qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. 

Laboratoriya ochilish marosimida universitet va “ProInfo” kompaniyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Ular tomonidan mazkur laboratoriya kutubxona sohasidagi raqamli transformatsiyani jadallashtirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.