
Xalqaro amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan 53 ta talaba-yoshlar hamda 3 nafar professor-o‘qituvchilar sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🤝 Qozog‘iston davlatining L.N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuv Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatining o‘quv va ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda TATUning xalqaro reytingidagi o‘rnini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.