Yangiliklar

Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi hududida o‘ziga xos soat o‘rnatildi.

Menu | 10-12-2024 | 09:41

E’tiborlisi shundaki, selfi zona deb atash mumkin bo‘lgan ushbu hududda nafaqat vaqtni bilish, rasmga tushish, balki soat raqamlari o‘rniga o‘rnatilgan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan kitoblarning elektron variantini QR kod orqali yuklab olish ham mumkin.

TATU va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUK o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Menu | 06-12-2024 | 10:05

Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.

TATUning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan universitetda faoliyat yurituvchi lider ayollarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Menu | 06-12-2024 | 10:00

Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. O‘z mehnat faoliyati borasida so‘z yuritgan ayollar erishgan yutuqlari haqida va kasb tanlash ham saodat ekanligini alohida ta’kidladilar.

TATU va O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK) o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanmoqda!

Menu | 06-12-2024 | 09:44

TATU delegatsiyasi va MTRK rahbariyati o‘rtasida o‘quv, ilmiy-amaliy hamkorlik masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TATUning Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Menu | 04-12-2024 | 09:42

Mazkur tadbirda kafedra mutaxassislari tomonidan berilgan izohlar talabalarda Konstitutsiyaning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini yanada chuqur anglashlariga xizmat qildi.

Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2025/2026 o‘quv yilida Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bepul asosda (grantlar hisobidan) o‘qishga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan hujjatlarni qabul qiladi.

Menu | 04-12-2024 | 09:37

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan chet el fuqarolari uchun o‘quv grantlari orqali ta’lim olish uchun stipendiya tayinlanadi, ta'lim muassasasining yotoqxonasida o'qish muddati uchun joy taqdim etiladi.