
ICPC Uzbekistan 2025 — Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
📆Sana: 2-noyabr 2025
📍Joy: Toshkent
✅Yilning eng yirik dasturlash musobaqasi — ICPC Uzbekistan 2025 sizni kutmoqda!
Eng kuchli jamoalar Qozog‘istonda o‘tkaziladigan ICPC Semifinal bosqichiga yo‘l olish va xalqaro sahnada O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💰Sovrin jamg‘armasi — tez orada e’lon qilinadi.
Mukofotlar:
🥇3 ta Oltin medal
🥈3 ta Kumush medal
🥉3 ta Bronza medal
(Jami 9 ta jamoa)
🏆G‘olib jamoa IT Park Kubogi bilan taqdirlanadi.
👕Barcha ishtirokchilar va murabbiylar rasmiy ICPC Uzbekistan futbolkasi bilan taqdirlanadi.
(Ro‘yxatdan o‘tayotganda futbolka o‘lchamini ko‘rsatishni unutmang!)
❗️Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
🗣Jamoa talablari:
⏺ Har bir jamoada murabbiy bo‘lishi shart.
⏺ Murabbiy va 3 nafar ishtirokchi bir universitetdan bo‘lishi kerak.
⏺ Zarurat bo‘lsa, fakultet dekani murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin.
🗣ICPC platformasida ro‘yxatdan o‘tish:
⏺ icpc.global saytida murabbiy va barcha ishtirokchilar alohida ro‘yxatdan o‘tadi.
🗣Jamoani yaratish:
⏺ icpc.global/private/myteams sahifasiga kiring.
⏺ Hudud: North Eurasia → Uzbekistan.
⏺ Jamoani murabbiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(Agar murabbiy birinchi marta ro‘yxatdan o‘tayotgan bo‘lsa, talabalar yordam berishlari mumkin.)
📝Agar jamoangiz keyinroq ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, futbolka o‘lchamlarini oldindan yig‘ish uchun ushbu so‘rovnomani to‘ldiring:
So‘rovnoma havolasi
🔥Kuchlilardan kuchli bo‘lishga tayyormisiz?
ICPC Uzbekistan 2025 — bu sizning imkoniyatingiz!
✉️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🔗 ICPC_TUIT
🔗 Robotics_Laboratory