
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tomonidan Oʻzbekistonlik bir guruh professor-o‘qituvchilar uchun Finlandiya va Shvetsiya davlatlarining TOP 500talik xalqaro reytinglarga kirgan universitetlarida qo‘shma malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. 22-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar davom etadigan qoʻshma loyihada Kiberxavfsizlik fakulteti dekani N.Nasrullayev ham ishtirok etmoqda.
✅Safar davomida ishtirokchilar dastlab, Jyväskylä universitetida pedagogik texnologiyalar va kasb mahorati bo‘yicha treninglarda qatnashishdi hamda taqdimotlar qilishdi.
🗣Ushbu qo‘shma malaka oshirish kurslari:
⏺ O‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga;
⏺ Ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga;
⏺ Xorijiy tajribalarni o‘rganish va almashishga;
⏺ Ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.