Yangiliklar

TATU Fargʻona filialida har bir fakultet qoshida "Ilgʻor muhandislik maktablari" tashkil etildi!

Menu | 18-12-2024 | 09:34

Bu maktablar talabalarni zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor muhandislik bilimlari bilan tanishtiradi. Har bir yoʻnalishda oʻquvchilar o'z sohalarida yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtab, yuqori malakali muhandislar bo'lish yoʻlida muhim qadamlarga ega boʻlishadi.

Joriy yilning 12-dekabr sanasida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator Uzinfocom va universitet mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Menu | 18-12-2024 | 09:24

Uchrashuv davomida hozirgi kunning zamonaviy kasblaridan biri bo'lgan "Sun'iy intellekt" va "Data science" kabi yo'nalishlarda universitet bilan hamkorlik qilish, mazkur yo'nalishlarda talabalarni stajirovkaga saralab olish, kompaniyada bajarilayotgan loyihalarga talabalarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ–2834-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va hududiy filiallari iqtidorli talabalari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya joriy etilgan.

Menu | 17-12-2024 | 09:48

Belgilangan Nizom talablariga muvofiq, 2024-2025-o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va hududiy filiallari 60 nafar iqtidorli talabasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi bo‘ldilar.

TATUda “Raqamli hukumat boʻyicha xalqaro konferensiya: raqamli transformatsiyalash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Menu | 17-12-2024 | 09:42

Yalpi majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Tashev kirish nutqi bilan konferensiyani ochib berdi.

TATUga Xitoy Xalq Respublikasining taʼlim sohasidagi yetakchi Beijing Ruipan International Education Technology kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Menu | 17-12-2024 | 09:35

Mazkur tashrif davomida universitet va kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, jumladan, professor o’qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar almashinuvi va stajirovka dasturlarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

TATUda QVZ Rektor kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 16-12-2024 | 09:27

Tadbir juda quvnoq va ijodiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarining ajoyib hazil-mutoyibalari bilan barcha tomoshabinlarni quvontirdilar.