2025 yil 29-30 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Woman in Tech CCA Awards” ayollar texnologiyalarda yirik tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • 2025 yil 29-30 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Woman in Tech CCA Awards” ayollar texnologiyalarda yirik tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Televizion va media texnologiyalar” kafedrasi professori, t.f.d., prof. Saida Safibullayevna Beknazarova “Lifetime Achievement” nominatsiyasida mukofotini qo‘lga kiritib, ushbu yutuqqa erishgan ilk О’zbekistonlik bo‘ldi!

💬Ma’lumot uchun:
⏺ “Women in Tech” — 2017-yilda tashkil etilgan global dastur bo‘lib, xotin-qizlarning texnologiyalardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan;
⏺ Dastur bugungi kunda dunyoning 56 mamlakatida faoliyat yuritib, 250 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan;
⏺ Tashkilotning bosh ofisi Fransiyada joylashgan.

✅Professor S. Beknazarova joriy yilning 14-noyabrida Parijda bo‘lib o‘tadigan “Women In Tech” global dasturining xalqaro taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.