
Sun’iy intellekt – odamlarning ishini yengillashtiradi, bir qator kasblar o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi, lekin u tobora aqlli bo‘lib borishi bilan, vaqti kelib tahdidga aylanishi mumkinligini ham istisno qilib bo‘lmaydi, deydi Texas universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha doktoranturada o‘qiyotgan Anvar Zohidov.
🧠 Sun’iy intellekt – bugunning eng qudratli vositasi. Va bu vosita ustida ilmiy ish olib borayotganlar orasida bir o‘zbekistonlik ham bor. Anvar Zohidov – yosh olim, AQShning Dallas okrugidagi Texas universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha PhD talabasi va shu yo‘nalishda talabalarga dars beradi.
🏛 Anvar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgach, Fransiya hukumati grantini yutib, Nitssadagi Côte d'Azur universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. U yerda alsgeymer kasalligiga oid ilmiy tadqiqotda qatnashib, sun’iy intellekt yordamida ish jarayonini 80 foizga tezlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yosh mutaxassis Kun.uz bilan suhbatda o‘z karerasi, zamonaviy ilm-fanning eng old chizig‘ida nima bo‘layotgani, sun’iy intellekt insoniyat hayotini qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida gapirib berdi. (https://www.youtube.com/watch?v=EDWK6saOgrM)