Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Menu | 08-05-2025 | 16:12

Uchrashuv davomida Kompyuter injiniringi fakultetining  talabalari bilan o‘zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta’limda zamonaviy tendensiyalar haqida so‘z yuritildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

OPTIMA-2025: Xalqaro ilmiy anjumanga maqolalar qabuli ochiq

Menu | 08-05-2025 | 16:10

International Conference on Optical Communication, Photonics, Telecommunications & Intelligent Machine Applications

"Work and travel" dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratiladi

Menu | 08-05-2025 | 09:55

Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025 y.) bilan 2025-yil 15-maydan "Work and travel" xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 7-may – "Aloqachilar kuni" kasb bayrami hamda 9-may – "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Menu | 08-05-2025 | 09:47

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Milliy gvardiya, hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Joriy yilning 5–11-may kunlari mamlakatimiz hududlarida aholining barcha qatlamlari ishtirokida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Menu | 07-05-2025 | 10:39

Mazkur haftalik doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariyati va xodimlari hamkorligida amaliy va o‘quv seminar tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Menu | 07-05-2025 | 10:34

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.