“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi doirasida TATU talabalari taqdirlandi

  • Asosiy
  • “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi doirasida TATU talabalari taqdirlandi


“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi doirasida TATU talabalari taqdirlandi

🏛 Bugun, 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining eng faol ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Talabalarimiz loyiha doirasida Coursera platformasidagi "Code Yourself: An Introduction to Programming", "Introduction to Generative AI", "Excel Fundamentals for Data Analysis", "Python", "Backend Google IT support"," Google Cyber security", "Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure", "Frontend Development using React" va "Write Professional Emails in English" kabi 200 dan ortiq kurslarda o‘qib, 50 dan ortiq xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishgan.

🎁Taqdirlangan talabalar:
• Murodov Alisher Shokir o‘g‘li;
• Abdullayev Olimjon Toxirjon o‘g‘li;
• Tursunxodjayev Asrorxo‘ja Baurjanovich;
• Nurmuhammedova Sevinch Alisher qizi;
• Zufarov Fayzullo Ziyodulla o‘g‘li

👏 Talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusida yanada katta yutuqlar tilaymiz!