




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025-yilning 28-noyabr kuni sunʼiy intellekt boʻyicha o‘tkazilgan xalqaro forum doirasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlardan yana biri sifatida “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi. Ushbu loyiha mamlakat tarixida sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan eng yirik va kompleks inson kapitalini rivojlantirish dasturlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlatimizning uzoq muddatli raqamli strategiyasi, mamlakatimizni mintaqada AyTi sohasi bo‘yicha yetakchiga aylantirish, inson kapitaliga sarmoya kiritish va O‘zbekistonni global texnologik raqobatda munosib o‘rin egallashiga qaratilgan.
Loyiha doirasida 2030-yilga qadar 4 million 750 ming maktab oʻquvchilari va talabalar, 150 ming nafar oʻqituvchilar hamda 100 ming nafar davlat xizmatchilarini sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha oʻqitish koʻzda tutilgan.
🏛Bugun, 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yirik talabalar forumi bo‘lib o‘tdi.
👀Mazkur forum Yangi O‘zbekistonning raqamli taraqqiyot strategiyasi, yoshlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak texnologiyalari yetakchilarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
👥 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri, soha korxonalar rahbarlari, hamkor tashkilotlar, xorijiy mehmonlar, mahalliy va xalqaro SI mutaxassislari, yetuk professor-o‘qituvchilar hamda 1000 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, forum jarayonini yurtimizning turli hududlaridan minglab yoshlar va mutaxassislar onlayn tarzda kuzatib bordilar.
🗣Forum doirasida:
• sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi;
• loyiha doirasida milliy tanlov e’lon qilinishi;
• “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zo bo‘lish marosimi;
• faol va iqtidorli talabalarni taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.
💡 “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” — bu shunchaki loyiha emas, balki millionlab yoshlar uchun bilim, innovatsiya va kelajak sari ochilgan keng imkoniyatlar yo‘lidir.
Bizni kuzating: