Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim va raqamli iqtisodiyot sohasi integratsiyasini mustahkamlash, talaba-yoshlarga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar berish maqsadida AloqaBank ATB homiyligida tashkil etilgan “FinTech laboratoriyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim va raqamli iqtisodiyot sohasi integratsiyasini mustahkamlash, talaba-yoshlarga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar berish maqsadida AloqaBank ATB homiyligida tashkil etilgan “FinTech laboratoriyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Yangi laboratoriya O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, AloqaBank ATB Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Farrux Maxkamov hamda TATU rektori Baxtiyor Maxkamovlar tomonidan ochib berildi.

Tadbir davomida mazkur laboratoriya talabalarning moliyaviy texnologiyalar, moliyaviy xavfsizli, raqamli iqtisodiyot, raqamli to‘lov tizimlari va innovatsion bank xizmatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Ushbu laboratoriya davlatimiz rahbari ilgari surgan "tarmoq-korxona-oliygoh" zanjiri asosidagi samarali hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lib, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating: