

🗓Joriy yilning 26-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO–2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO–2026)” xalqaro fan olimpiadalarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
💬Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadalarda 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan bir qatorda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari ham o‘z bilim va salohiyatlarini munosib namoyon etdilar. Natijada, nafaqat individual yo‘nalishlarda, balki jamoaviy hisobda ham yuqori natijalarga erishildi.
🥉 Bronza medali — Sharipov Isobek Oybek o‘g‘li, Dasturiy injiniring fakulteti talabasi.
🏛 Talabalarimiz erishgan ushbu yutuqlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning samarali natijasi ekanini yana bir bor namoyon etadi.
🎉 G‘olib talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusida ularga yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!