Musobaqalarning voleybol yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti jamoasiga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, 1/2-final bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqalarning mini-futbol yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “CyberCryptUz” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik konferensiyasi o‘tkaziladi.
Klubning 20 nafarga yaqin ishtirokchisi o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular ta’lim davomida amaliy mashg‘ulotlarda bilimlarini sinovdan o‘tkazib, turli musobaqalarda faol ishtirok etdi.
TATU talabalarini Yandex Uzbekistan jamoasi bilan uchrashuvga taklif qilamiz. Dasturda — texnik ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar, dasturchilar va rekruterlar bilan muloqot. Jamoamizda amaliyot o‘tash va karyera boshlash imkoniyatlari haqida ham gaplashamiz.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etildi.