ENERGETIKA YO‘NALISHIDA DUAL TA’LIM: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHA

  • Asosiy
  • ENERGETIKA YO‘NALISHIDA DUAL TA’LIM: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHA





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etildi.

Mazkur ta’lim modeli “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi tomonidan yetakchi energetika korxonalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ.



Dual ta’limga jalb etilgan 3- va 4-bosqich talabalari amaldagi elektr podstansiyalari hamda issiqlik energetikasi obyektlarida, real uskunalar bilan ishlagan holda, tajribali soha mutaxassislari rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Dual ta’lim orqali talabalar:
  1) nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlaydi;
  2) zamonaviy energetika uskunalari bilan ishlashni o‘rganadi;
  3) tajribali muhandislardan amaliy tajriba oladi;
  4) ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi madaniyatini o‘zlashtiradi;
  5) talabalik davridayoq real kasbiy muhitga moslashadi.

Asosiy maqsad — ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali zamonaviy energetika tizimlarida samarali faoliyat yurita oladigan, amaliy kompetensiyalarga ega yuqori malakali muhandislarni tayyorlash.

Hamkor tashkilotlarga ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdagi hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz!

Bilimdan tajribaga, tajribadan professional muhandislik sari!