Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “CyberCryptUz” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik konferensiyasi o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 23-oktabr
Format: online va offline
Konferensiya tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari
Konferensiya sho‘balari:
1. Kiberxavfsizlikning zamonaviy muammolari;
2. Kriptologiya sohasi istiqbollari;
3. Raqamli kriminalistika yutuqlari.
Konferensiya doirasida maqola va tezislar qabul qilinadi. Materiallarda tadqiqot muammosi, uslubi, olingan natijalar va xulosalar qisqa hamda aniq yoritilishi lozim.
Maqola va tezislarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 20-oktabr.
Materiallar quyidagi elektron manzil orqali qabul qilinadi:
cybercryptuz2026@tuit.uz
Konferensiya materiallari elektron va bosma shaklda to‘plam holida nashr etiladi.