Dev Dasturxon ertaga — ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

  • Asosiy
  • Dev Dasturxon ertaga — ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

 

TATU talabalarini Yandex Uzbekistan (https://t.me/yndxuzbekistan) jamoasi bilan uchrashuvga taklif qilamiz. Dasturda — texnik ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar, dasturchilar va rekruterlar bilan muloqot. Jamoamizda amaliyot o‘tash va karyera boshlash imkoniyatlari haqida ham gaplashamiz.
Tadbirga kelgan barcha talabalarga bir yillik Yandex Plus obunasini sovg‘a qilamiz — obunaga Yandex Music, Kinopoisk va Allplay kiradi!
Asosiy dasturdan so‘ng esa osh ustida suhbatni davom ettiramiz.
26-sentabr, 12:00 · TATU

Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.

Ariza topshiring  va elektron pochta orqali ishtirokingiz tasdiqlanishini kuting.