
Klubning 20 nafarga yaqin ishtirokchisi o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular ta’lim davomida amaliy mashg‘ulotlarda bilimlarini sinovdan o‘tkazib, turli musobaqalarda faol ishtirok etdi.
Natijalar:
Ishtirokchilarning aksariyati kiberxavfsizlik sohasida ishga joylashdi;
Klub a’zolari CWES, CPTS, CDSA va Security+ sertifikatlarini qo‘lga kiritdi;
Birgalikda ishlash, tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan kuchli hamjamiyat shakllandi.
Dastur bitiruvchilariga Senior Member maqomi berildi. Endilikda ular yangi a’zolarga mentorlik qilish, tajribasini ulashish hamda klub tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Klubga shu vaqtga qadar rahbarlik qilgan Quvonchbek Umurzoqov o‘qishni tamomlagani munosabati bilan o‘z vazifasini Shohjahon Abdumannonovga topshirdi.
Bitiruvchilarimizni tabriklaymiz! Yangi guruhga esa klubdagi yangi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!